Sovchilar saytidan foydalanishga oid qoidalar
Ishlatiladigan atamalar
Ma’muriyat – sayt hodimlari hamda tegishli ravishda resurslarni boshqarishga vakolatli shaxs.
Servislar – Dasturiy ta'minotlar majmui, saytdan foydalanishda foydalanuvchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar majmui.
Foydalanuvchi – resurslardan foydalanishni istagan, 16 yoshdan oshgan shaxslar.
Login – foydalanuvchi ro’yxatdan o’tayotganda tanlagan va saytdan foydalanish jarayonida foydalanadigan ism.
Parol – foydalanuvchi tomonidan mustaqil tanlangan resursdan foydalanishda va login bilan uning identifikatsiya uyg’unligini ta’minlaydigan kombinatsiya ramzi.
Umumiy qoidalar
Ushbu qoidalar Foydalanuvchilarning saytdan foydalanish, shuningdek, saytdan va servisdan foydalanish jarayonida paydo bo’ladigan o’zaro munosabartlar tartibini yo’lga qo’yadi. Saytning sutka davomida foydalanish imkoniyati mavjudligini ma’muriyat kafolatlamaydi. sovchilar.uz/rules shartlar buzilganda istagan vaqtda har qanday foydalanuvchiga saytdan foydalanishni to’xtatish huquqiga ega.
Quyidagi ommaviy axborotlarning joylashtirilishi taqiqlanadi:
Qoidalarni buzadigan ommaviy xabarni istalgan vaqtda ma’muriyat olib tashlash huquqiga ega.
Alohida shartlar
Saytning dasturiy ta’minotida xato bo’lmasligini va uzluksiz ishlashini ma’muriyat kafolatlamaydi.
Foydalanuvchiga uchinchi shaxsning xatti-harakati natijasida yetkazilgan zarar uchun sayt ma'muriyati javobgar emas. Ma'muriyat fikr-mulohazalariga ko’ra noma'qul, istamagan yoki mazkur qoidalarga xilof bo’lgan har qanday axborot yoki materialni o’z serverlaridan chiqarish huquqlarini o’zida qoldiradi. Ma'muriyat internet tarmog’i orqali tavsiya etiladigan axborotlarni nazorat qilmaydi. Sayt xizmatidan foydalanganlikning mas’uliyati va tavakkalchilikni foydalanuvchi o’z zimmasiga oladi. Servislar vositasida taqdim etiladigan har qanday axborotlar uchun sayt ma'muriyati hech qanday kafolat bermaydi. Saytga kiritilgan turli xil noqonuniy, pornografik va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta'qiqlangan boshqa ma'lumotlar uchun foydalanuvchilar javobgar bo'ladi.
Mazkur qoidalarning amal qilishi va ularni o’zgarishi tartibi
Qoidalarga kiritilgan o’zgartirishlar sovchilar.uz/rules sayti sahifalarida e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Qoida va shartlarga istalgan vaqtda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Foydalanuvchi saytning xizmatlaridan foydalanishdan avval qoida va shartlarning so’nggi nusxasi bilan tanishib chiqishi shart. Agar foydalanuvchi qoida va shartlarga kiritilgan o’zgartirishlar bilan kelisha olmaslikka qaror qilsa, u servisdan foydalanmasligi kerak. Saytning xizmatlaridan foydalanishni davom ettirgan foydalanuvchi kiritilgan o’zgartirishlarga rozi bo’lgan xisoblanadi.
Javobgarlik
Ma’muriyat va foydalanuvchilar o’rtasidagi barcha munosabatlar faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari buzilgan holatlarda foydalanuvchi ma’muriy, yoki, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Maxfiy axborot tushunchasi
Maxfiy axborot deb saytning foydalanuvchidan, ularning saytga kirgan vaqtda olingan va/yoki servislardan foydalangandagi identifikatsiyalashgan axborotlarga aytiladi. Zarur bo’lgan hollarda ushbu axborot onlayn rejimida ham, boshqa usullarda foydalanuvchi bilan aloqada bo’lishda foydalaniladi.
Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborotning tarkibiy qismi bo’lib, foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda beriladi va ularning roziligi bilan foydalaniladi. Kompaniya resursiga kirishda maxfiy axborotlar berilishi shart emas.
Maxfiy axborotlarni yig’ish maqsadi:
Shaxsiy axborotlardan foydalanish
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarining oshkora bo’lishini ma’muriyat qo’llab-quvvatlamaydi, quyidagi xollarda foydalanuvchilar o'z shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishi mumkin:
Foydalanuvchi resursdan foydalanayotganda o’zi haqidagi axborotlarni o’z xohishi bilan uchinchi shaxsga berishi mumkin. Ushbu axborotdan hamma foydalanishi mumkin bo’lib, o’z navbatida foydalanuvchining bunday xatti-harakatlari uchun ma'muriyat hech qanday mas’ul emas.
Foydalanuvchi tomonidan uchunchi shaxsga va sayt taqdim etilgan axborot quyidagilardan xoli bo’lishini shart:
Boshqa odamlarning rasmlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Maxfiy axborotlarni yig’ish va saqlash
Maxfiy axborotlarni yig’ish saytga kirganda va sayt xizmatlaridan foydalanganda, shu bilan birga, tavsiya etilgan formalarning foydalanuvchi tomonidan to’ldirilayotganda avtomatik ravishda amalga oshadi. Kompaniya maxfiy axborotlarga norasmiy kirish tavakkalini (risk) minimum bo’lishiga harakat qiladi, ammo uchinchi shaxsning maxfiy axborotidan xabardor bo’lganligi uchun hech qanday javobgar emas. Sayt xizmatlaridan foydalanganda, ushbu qoidalarida yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida belgilangan holatlarda va boshqa ko’rinishdagi nizoli holatlar vujudga kelganda - foydalanuvchi sayt ma'muriyati talabi bilan o’z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan, yozma ravishda taqdim etish majburiyatini oladilar.
Profilni o'chirish
sovchilar.uz sayti ma'muriyati foydalanuvchilar tomonidan ushbu qoidalarning buzilishi uchun javobgar emas va o'z xohishiga ko'ra, shuningdek, boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslardan ushbu qoidalar qaysidir foydalanuvchi tomonidan buzilganligi to'g'risida ma'lumot olgandan so'ng, istalgan vaqtda, ogohlantirishsiz, bunday harakatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday zarar uchun javobgar bo'lmagan holda, foydalanuvchi tomonidan e'lon qilingan ushbu qoidalarda belgilangan taqiqlarni buzadigan har qanday ma'lumotlarni (shu jumladan shaxsiy xabarlar) o'zgartirish, yoki o'chirish, foydalanuvchining sovchilar.uz saytiga kirishini to'xtatib turish, cheklash yoki to‘xtatish huquqini o'zida saqlab qoladi.
sovchilar.uz Sayti ma'muriyati, agar uning fikricha, Foydalanuvchi sovchilar.uz saytiga (yoki) uning foydalanuvchilariga tahdid solayotganligini aniqlasa, Foydalanuvchi profilini o‘chirish va (yoki) Foydalanuvchining sovchilar.uz Sayti xizmatlaridan foydalanishini to‘xtatib turish, cheklash yoki to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
sovchilar.uz sayti ma'muriyati ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshirilgan ma'lumotlarning vaqtincha bloklanishi yoki o'chirilishi yoki Foydalanuvchi shaxsiy sahifasining o'chirilishi (ro'yxatdan o'tishning tugatilishi) uchun javobgar emas.
Foydalanuvchi profilini oʻchirish unda joylashtirilgan barcha maʼlumotlarni, shuningdek, sovchilar.uz saytida roʻyxatdan oʻtish vaqtida kiritilgan barcha Foydalanuvchi maʼlumotlarini avtomatik ravishda oʻchirib tashlashni anglatadi. Shaxsiy sahifani o'chirib tashlaganidan so'ng, Foydalanuvchi Saytga kirish huquqini yo'qotadi.
Foydalanuvchi tomonidan profilni o'z-o'zidan o'chirish.
Har bir foydalanuvchi quyidagi ko'rsatmalardan foydalanib, o'z shaxsiy profilini va ma'lumotlarini saytdan olib tashlash huquqiga ega:
Foydalanuvchi huquqlari:
Foydalanuvchi sovchilar.uz saytidagi qayd yozuvini va o‘z sahifasi ma’lumotlarini mustaqil ravishda o‘chirish huquqiga ega. Foydalanuvchi qayd yozuvini oʻchirish imkoniyati sovchilar.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda mavjud.
sovchilar.uz sayti ma'muriyati sovchilar.uz sayti foydalanuvchisi profilini o'chirishdan oldin nusxalangan zahiraviy ma'lumotlarni saqlash huquqini o'zida saqlab qoladi.